18:20 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
60610

Prezident Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida kelgusi yildan Yevropa mamlakatlari, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Yaponiya kabi davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash, yangi reyslarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatma berildi.

TOSHKENT, 9 dek - Sputnik. Oʻzbekiston kelgusi yildan bir nechta davlatlar bilan aviaparvozlarni bosqichma-bosqich tiklaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va sport sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videselektor yigʻilishi maʼlum qilindi.

Kelgusi yilda 1,7 million xorijiy, 7,5 million mahalliy sayyohlarni jalb qilish, turizm xizmatlari eksportini 370 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu borada eng katta manba, avvalo, ziyorat turizmidir. Mamlakatda islom diniga oid koʻplab ziyoratgohlar, yahudiylik, buddaviylik yodgorliklari bor. Bu imkoniyatdan foydalanib, 700 ming ziyoratchini jalb qilish va 130 million dollarlik xizmatlar eksportini taʼminlash mumkinligi qayd etildi.

Shu bois kelgusi yildan Yevropa mamlakatlari, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Yaponiya kabi davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash, yangi reyslarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Milliy aviakompaniyamizda chiptalar narxi balandligi tanqid qilinib, uni arzonlashtirish vazifasi qoʻyildi.

Davlat rahbari ziyorat turizmida targʻibot va ilmiy yondashuv yetishmayotganini taʼkidladi. Oʻzbekistonning chet ellardagi elchixonalari bilan birga bu boradagi ishlarni kengaytirish muhimligi qayd etildi. Ziyorat turizmi boʻyicha salohiyatli davlatlar fuqarolari uchun viza tizimini soddalashtirishga doir takliflar bildirildi.

Asosiy mavzular