06:24 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
444 0 0

Prezident raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda taʼkidlandiki, "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" nomli ichki turizm dasturi kelgusi yili izchil davom ettiriladi.

TOSHKENT, 9 dek - Sputnik. Oʻzbekistonliklar bayramlarda qoʻshimcha dam olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu haqda bugun, chorshanba kuni mamlakat prezidenti raisligida turizm va sport sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videselektor yigʻilishida aytilgan.

Yigʻilishda taʼkidlandiki, "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" nomli ichki turizm dasturi kelgusi yili izchil davom ettiriladi.

Buning uchun Roʻza va Qurbon hayitlari, Navroʻz, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayramlari davrida qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanmoqda. Shuningdek, nomavsumiy sayohatlar uchun Ichki turizm oyligi, haftaligi va kunlari tashkil etiladi.

Prezident pandemiya sababli turizm sohasi uchun 2020 yil oxirigacha berilgan imtiyoz va preferentsiyalarni 2021 yil oxiriga qadar uzaytirish, aholi uchun transport va mehmonxona xizmatlari boʻyicha chegirmalar berib, ichki turizmni ommaviy tashkil etish muhimligini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Oʻzbekiston prezidentning "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi farmoni loyihasi eʼlon qilingan edi.

2021 yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanishi mumkin: 2 sentyabr-payshanba; 3 sentyabr-juma.

2021 yilda dam olish kuni 27 mart-shanba, 22 mart-dushanba kuniga koʻchiriladi.

2021 yil 2 yanvar-shanba, 4 sentyabr-shanba va 22 mart-dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qatʼi nazar, dam olish kuni hisoblanadi.

Byudjet tashkilotlarida qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. 

Har yilgi mehnat taʼtili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat taʼtilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qoʻshimcha dam olish kuni qoʻshiladi.

Asosiy mavzular