TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. AQSH Oʻzbekistonni diniy huquqlarni hurmat qilish masalasida namuna boʻlishga chaqirmoqda, bu haqda AQSH Milliy Xavfsizlik kengashining Twitterdagi sahifasida maʼlum qilingan.
"Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonni diniy erkinligimasalasida erishilgan yutugʻi va maxsus kuzatuvdagi roʻyxatdan chiqarilganligi bilan tabriklaydi. Biz fundamental huquqni himoya qilish maqsadida hukumatni keyingi islohotlarni oʻtkazib, boshqalar uchun namuna boʻlishga chaqiramiz", - deyiladi xabarda.
Sal oldin AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo "soʻnggi bir yil ichida erishgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, Oʻzbekiston diniy erkinlik boʻyicha "Maxsus kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati" (Special Watch List)dan chiqarilgani" eʼlon qilgan edi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqida mamlakatda din erkinligi bilan bogʻliq vaziyat keskin yaxshilanganini va millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash mamlakat uchun muhim vazifa ekanligini taʼkidlagan edi.
2018 yilning dekabrida Oq uy Oʻzbekistonni diniy erkinlig predmetiga kuzatuv oʻrnatish kerak boʻlgan davlatlar roʻyxatiga kiritgan edi. 2019 yilning oxirida mamlakat ushbu roʻyxatda qoldirilgan edi.