10:34 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
291 0 0

Namangandagi ruhiy asab kasalliklar shifoxonasida zahira uchun olingan oziq-ovqat maxsulotlarini saqlashga jiddiy eʼtibor qaratilmagan, degan xulosa bermoqda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Namangan viloyati ruhiy asab kasalliklar shifoxonasi qishki mavsumga tayyorgarlik koʻrmagan. Kasalxonada davolanayotgan bemorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati yetarli darajada taʼminlanmagan, zahira uchun olingan oziq-ovqat maxsulotlarini saqlashga jiddiy eʼtibor qaratilmagan, degan xulosa bermoqda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati.

Matbuot-xizmati xabarida aytilishicha, oʻtkazilgan monitoring ishlari natijasida Namangan viloyati Ruxiy asab kasalliklar shifoxonasi tomonidan 2020-2021 yilga moʻljallangan kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi qabul qilinmagan.

Shifoxona uchun 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumi uchun 400 tonna koʻmir yoqilgʻi olish rejalashtirilgan boʻlsa-da oʻrganish kuniga qadar jami 214 tonna yetkazib berilgani, zahira omborida koʻmir rejasi va olinganligi toʻgʻrisida peshlavxa, koʻmir tortib berish uchun elektron tarozi oʻrnatilmaganligi, texnika xavfsizligi qoidarlariga amal qilish kitobi chala yuritilganligi aniqlandi.

Shifoxona tomonidan reja asosida koʻmir ishlatiladi, lekin koʻmir xarajatlar daftari yuritilmagan.

Shifoxonaga qabul qilib olingan koʻmirning mayin(hoka)lilik darajasi 60-70% holatda sifatsiz, ayniqsa koʻmir briketining sifati oʻta qoniqarsiz holatda.

Muolaja va kasalxona xonalarida issiqlik xarorati oʻrtacha 18 darajadan 22 darajada hamda ayrim xonalarda xarorat oʻlchagichlar oʻrnatilmagan.

Bundan tashqari oziq-ovqat zahiralari omborining tom qismining uch joyidan yomgʻir chakkasi oʻtib, kartoshka maxsulotlarining ustiga suv tushayotganligi aniqlandi.

 

Asosiy mavzular