06:40 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
44610

Manbalarda aytilishicha, joriy yilning noyabr oyida kuchli yomgʻirlar yogʻishi natijasida Kampirtepa yodgorligining janubiy-gʻarbiy devorning oʻrta qismi konservatsiya qilinmaganligi sababli qulab tushgan.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan  Surxondaryo viloyatidagi qadimiy "Kampirtepa" (Oks Aleksandriyasi) arxeologik yodgorligining devori buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Manbalarda aytilishicha, joriy yilning noyabr oyida kuchli yomgʻirlar yogʻishi natijasida Kampirtepa yodgorligining janubiy-gʻarbiy devorning oʻrta qismi konservatsiya qilinmaganligi sababli qulab tushgan.

Ammo, akademik Rtveladze tomonidan nashrda taʼkidlashicha, qalʼadagi koʻchani bunday buzilishi oʻtgan yili boʻlgan va bu yil devor buzilishida ham takrorlangan, bu ataylab qilingan. Shu yilning noyabr oyida Rtveladze yodgorlikka tashrif buyurganida, hech narsa buzilmagan boʻlgan.

Oʻzbekiston  Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti xodimlari oʻrtasida akademik Rtveladze bilan suhbatdan soʻng quyidagilarga qaror qilindi:

1. Kampirtepa yodgorligi devorning buzilishi yuzasidan Madaniy meros departamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida murojaat qilish.

2. E.V.Rtveladzening tavsiyasiga koʻra, restavratsiya ishlarini bahorda boshlash uchun devorning buzilgan qismini mustahkamlovchi vositalar yordamida qalin plyonka bilan yopish tavsiya etilgan.

3. Kampirtepa yodgorligidagi ushbu devorni tiklash akademik E.V.Rtveladze boshchiligida respublika byudjetidan 2021 yilda taʼmirlanadigan moddiy meros obʼyektlari dasturiga kiritilsin.

Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, tarix fanlari doktori Edvard Rtveladze yodgorlikda 40 yil davomida ilmiy tadqiqot va qazilma ishlarini olib bormoqda. Ushbu qalʼa Markaziy Osiyoda antik davrning eng qadimiy yodgorliklaridan biridir.

Maʼlum boʻlishicha, 1990-2000 yillarda Rtveladze yodgorlikning sharqiy qismida restavratsiya ishlarini olib borgan va yodgorlikning kirish qismida ramziy devor qurilgan. Restavratsiya va rekonstruktsiya ishlari, jumladan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi moliyaviy koʻmagi bilan amalga oshirilgan. 2018 yilda respublika byudjetidan yodgorlikning gʻarbiy devorida taʼmir-tiklash ishlari olib borilgan.

Asosiy mavzular