22:43 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Yangiliklar
Havola olish
52840

Tadbirda YEOIIga aʼzo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etmoqda.

TOSHKENT, 11 dek - Sputnik. Oʻzbekiston va Kuba Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomiga ega boʻldi, deb eʼlon qildi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oliy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kengashi yigʻilishida.

"Men Kuba va Oʻzbekistonga Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqida kuzatuvchi maqomini berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilishni taklif qilaman. Agar siz rozi boʻlsangiz, biz hozirda bunday qarorni qabul qilamiz. Koʻrayapmanki, eʼtirozlar yoʻq", - dedi Lukashenko oʻz chiqishida.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun boʻlib oʻtayotgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kengashi yigʻilishida soʻzlagan nutqida "birgalikdagi ishimiz koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi", deya ishonch bildirgan va "Oʻzbekiston barcha xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish va mustahkamlash tarafdoridir. Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan yaqin va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat beramiz", deya qayd etgan edi.

Mirziyoyev chiqishidan soʻng Belarus prezidenti Oʻzbekiston rahbariga tabassum aralash "uncha koʻp kuzatmasligingizga ishonchimiz komil", dedi va tez orada Oʻzbekiston ham ushbu ittifoqning toʻlaqonli aʼzosiga aylanishiga umid bildirdi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi - 2015 yil 1 yanvardan beri faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma. Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston YEOIIga aʼzo. 2020 yilda Belarus Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raislik qilmoqda. Moldova 2018 yil may oyidan boshlab YEOII qoshida kuzatuvchi hisoblanadi.

Asosiy mavzular