10:14 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)
480 0 0

Korotchenkoning soʻzlariga koʻra, "Sputnik V"ga qarshi qaratilgan axborot kampaniyasi "Gʻarbning Rossiyani jilovlash boʻyicha harbiy urinishlari" bilan parallel ravishda olib borilmoqda.

TOSHKENT, 11 dek – Sputnik. Harbiy ekspert Igor Korotchenko RIA Novosti bilan boʻlgan suhbatda Gʻarbning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaktsinasi obroʻsizlantirish (diskreditatsiya)ga urinish va NATOning Rossiyani "jilovlab turish" boʻyicha harbiy harakatlari oʻrtasida bogʻliqlik borligini maʼlum qildi.

Sal avval RF Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov chet elda Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinasi diskreditatsiyasi uchun mablagʻ ajratilgani hamda tez orada soxta "surishtiruv"larga asoslangan tahlillar va Rossiya vaktsinasi "xavfliligi" haqida "guvoh"larning yolgʻon guvohliklari yoki yoppasiga "vaktsina olishdan "bosh tortishlar" haqidagi soxta taʼkidlar paydo boʻlishi haqida ogohlantirgan edi.

Ekspert taʼkidiga koʻra, vaktsinaning yaratilishi katta siyosiy va milliy xavfsizlik masalasidir.

Umuman olganda, Korotchenkoning soʻzlariga koʻra, "Sputnik V"ga qarshi qaratilgan axborot kampaniyasi "Gʻarbning Rossiyani jilovlash boʻyicha harbiy urinishlari" bilan parallel ravishda olib borilmoqda.

"Bu rus vaktsinasini obroʻsizlantirish, uning xalqaro bozorga chiqishini qiyinlashtirish uchun qilinayotgan ish. Axir vaktsinaga oʻnlab davlatlar qiziqish bildirmoqda. Vaktsina bilan bogʻliq masala - bu buzgʻunchilik harakatlarini anglatadi, ular harbiy fonda yuz bermoqda, shu bois, bu NATO davlatlari, eng avvalo - AQSH tomonidan Rossiya Federatsiyasiga qarshilik koʻrsatish boʻyicha kompleks siyosatdir", - dedi ekspert.

Rossiya Sogʻliqni saqlash tashkiloti avgust oyida Gamaleya nomidagi NITSEMda ishlab chiqilgan COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Vaktsina "Sputnik V" nomini oldi. 

Vaktsina yaxshi oʻrganilgan va tasdiqlangan inson adenovirus vektorlari platformasi asosida yaratilgan boʻlib, uning muhim jihatlari bu xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli nojoʻya taʼsirlarning yoʻqligidir.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)

Asosiy mavzular