RF general-polkovnigi Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaKomanduyushiy Sentralnim voyennim okrugom RF Aleksandr Lapin pribil s vizitom v Uzbekistan
Komanduyushiy Sentralnim voyennim okrugom RF Aleksandr Lapin pribil s vizitom v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligida bo‘lgan uchrashuvda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan va o‘zaro manfaatli harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikrlar almashindi.

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiya tashrif buyurdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Gosudarstvennie flagi stran-uchastnis ODKB - Sputnik O‘zbekiston
Putin ODKB mamlakatlaridagi notinch vaziyat haqida gapirdi

Mudofaa vazirligida general-polkovnik Aleksandr Lapin O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida harbiy sohaga oid o‘zaro hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanayotgani e’tirof etildi. Xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan va o‘zaro manfaatli harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikrlar almashindi. Ikki davlat mudofaa idoralari mutaxassislari tomonidan turli yo‘nalishlarda tajriba almashish uchun muntazam ravishda amalga oshirilayotgan aloqalarning ahamiyati alohida qayd etildi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaKomanduyushiy SVO RF Aleksandr Lapin s rabochim vizitom v Uzbekistane
RF general-polkovnigi Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston
Komanduyushiy SVO RF Aleksandr Lapin s rabochim vizitom v Uzbekistane

Shundan so‘ng mehmonlar Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga tashrif buyurishdi. Harbiy institut professor-o‘qituvchilari, kursantlar hamda ofitserlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda general-polkovnik Aleksandr Lapin oliy harbiy ta’lim muassasasining zamonaviy qiyofasi va unda yaratilgan shart-sharoitlarni yuksak e’tirof etdi.

Voyennoslujashie vo vremya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy kollektivnix sil bistrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
ODKB Tojikistonda harbiy mashq o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Harbiy delegatsiya a’zolari shu kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan poytaxtimizning Olmazor tumanida barpo etilgan "G‘alaba bog‘i" majmuasi va "Shon-sharaf" davlat muzeyida bo‘lib, O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi ulkan g‘alabaga qo‘shgan hissasi, matonati, fidoyiligi va yuksak insoniy tuyg‘ularini o‘zida aks ettiruvchi yaqin tariximizga oid osori-atiqalar bilan tanishishdi.

Mamlakat mintaqadagi tinchlikni saqlash, xalqaro terrorizmga qarshi kurash olib borish borasida xalqaro va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida turli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaKomanduyushiy SVO RF Aleksandr Lapin s rabochim vizitom posetil Uzbekistan
RF general-polkovnigi Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston
Komanduyushiy SVO RF Aleksandr Lapin s rabochim vizitom posetil Uzbekistan

Ayni kunlarda Termiz poligonida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari bilan hamkorlikdagi "Surxon-2020" o‘quv mashg‘ulotiga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Harbiy delegatsiya a’zolari hamkorlikdagi mazkur o‘quv mashg‘ulotini kuzatish uchun Termiz shahriga jo‘nab ketdilar.

Yangiliklar lentasi
0