17:31 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
166 0 0

Rossiya Xalqlar doʻstligi universitetidan kelgan 5 nafar oʻqituvchi Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun rus tili darslarini oʻtishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti (RUDN)ning yana 5 nafar oʻqituvchisi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Oʻqituvchilar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, Rossiyada ishlash istagidagi boʻlgan va ushbu davlatda mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga rus tilini ishchi mutaxassislik boʻyicha oʻqitish, oʻquv markazlaridagi rus tili sinflari uchun oʻqituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti (RUDN)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolarni rus tili va zaruriy kasblarga tayyorlash, Rossiya tarixi, qonunchiligi va rus tili boʻyicha imtihon topshirib, sertifikatga ega boʻlish imtiyozlarini yaratish, Vazirlik tasarrufidagi oʻquv markazlarida rus tili sinflari tashkil etilib, unga rus tili oʻqituvchilarini jalb qilish, tayyorlash, malakasini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Unga koʻra, joriy yilning 27 oktyabridan Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti oʻquv dasturi asosida 500 nafar oʻqituvchini oʻqitish boʻyicha bepul seminar oʻtkazilib, sertifikatlar berilishi va ushbu oʻqituvchilar Vazirlik tasarrufidagi 25 ta oʻquv markazlarida tashkil etilgan rus tili sinflariga ishga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Rossiya Xalqlar doʻstligi universitetidan kelgan 5 nafar oʻqituvchi Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib, rus tili oʻqituvchilariga amaliy mashgʻulotlar, Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun rus tili darslarini oʻtishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular