11:22 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Yangiliklar
Havola olish
179 0 0

Qonun loyihasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan. Qonun loyihasi Senatga yuborildi, deb xabar qildi oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida deputat Rasul Kusherbayev

TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Qonunchilik palatasi majlisida Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Hujjat bilan jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi olib tashlanmoqda. Bu haqda oʻzining Telegram sahifasida deputat Rasul Kusherbayev maʼlum qildi.

"Qonun loyihasiga koʻra, Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun mavjud boʻlgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilinib, oʻrniga jarima yoki majburiy jamoat ishi jazosi qoʻshilmoqda", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga va Jinoyat kodeksiga yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Pornografik mahsulotlarni tarqatish va shavqatsizlikni targʻib qilganlik uchun ham jarima miqdorlari oshirilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan. Qonun loyihasi Senatga yuborilgan.

Asosiy mavzular