10:28 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Yangiliklar
Havola olish
20810

2020 yil oxiriga qadar elektrovozlarning 3-partiyasini, yaʼni 3ta yuk elektrovozlarini olib kelish rejalashtirilgan. 2021 yilda esa shartnomada belgilangan qolgan 13ta yuk va 5ta yuk-yoʻlovchi elektrovozlar olib kelinadi.

TOSHKENT, 17 dek - Sputnik. Bugun, 17 dekabr kuni Xitoydan Oʻzbekistonga zamonaviy va yuqori quvvatga ega boʻlgan yuk va yoʻlovchi lokomotivlarining birinchi partiyasi - yaʼni 3ta yuk va 1ta yuk-yoʻlovchi lokomotivi hmda ularning ehtiyot qismlari olib kelindi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Mazkur jarayon Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Lokomotivlarni sotib olish yoʻli bilan lokomotivlar parkini yangilash" loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Hammasi boʻlib Oʻzbekistonga 30ta zamonaviy elektrovozlar va ular uchun kerakli boʻlgan ehtiyot qismlarni olib kelish rejalashtirilgan.

"Yangi olib kelinayotgan lokomotivlar yoʻlovchilar va yuklarni tashish uchun moʻljallangan boʻlib, shu jumladan murakkab togʻli hududlarda ogʻir yuklarni tashish quvvatiga ham ega", deb taʼkidladi tantanali tadbir davomida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Husnutdin Hasilov.

Yaqin kunlarda yangi elektrovozlarning 2-partiyasida yana 5 dona (3ta yuk va 2ta yuk-yoʻlovchi) elektrovozlarini olib kelish kutilmoqda.

2020 yil oxiriga qadar elektrovozlarning 3-partiyasini, yaʼni 3ta yuk elektrovozlarini olib kelish rejalashtirilgan. 2021 yilda esa shartnomada belgilangan qolgan 13ta yuk va 5ta yuk-yoʻlovchi elektrovozlar olib kelinadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining 2015 yil 6 martdagi qarori bilan "2015-2019 yillar uchun muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish toʻgʻrisida"gi qarori bilan "Lokomotivlar parkiga 24 dona lokomotiv sotib olish yoʻli bilan yangilash" loyihasini amalga oshirish koʻzda tutilgan.

2019 yilda OTB bilan loyiha uchun 170 million AQSH dollari miqdorida kredit shartnomasi imzolandi.

2019 yil 17 iyulda xalqaro tenderlar natijalari boʻyicha CNTIC-CRRC-DRLOCO konsortsiumi bilan ikkita kuzovli 24ta elektrovozni (16ta yuk va 8ta yuk-yoʻlovchi) olib kelish boʻyicha 134,6 million AQSH dollari miqdorida shartnoma imzolandi.

Asosiy mavzular