Putinning matbuot-anjumani yangicha tartibda o‘tadi

Obuna bo‘lish
Bu tadbirning odatiy jadalligini anchayin o‘zgartiradi: yorqin liboslar, yumshoq o‘yinchoqlar, plakatlardagi lozunglar - bu yil davlat rahbari e’tiborini jalb qilishda bularning hech biri ish bermaydi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Shaxmat tartibida joylashuv, niqoblar va qo‘lqoplar — pandemiya sharoitida Vladimir Putinning matbuot-anjumani yangicha formatda o‘tkaziladi.

ress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston
Peskov: Putin haqidagi mish-mishlarni kim tarqatayotganini biz bilamiz

Bu tadbirning odatiy jadalligini anchayin o‘zgartiradi: yorqin liboslar, yumshoq o‘yinchoqlar, plakatlardagi lozunglar - bu yil davlat rahbari e’tiborini jalb qilishda bularning hech biri ish bermaydi.

Putin o‘zining Novo-Ogarevodagi qarorgohida bo‘ladi, jurnalistlar va fotosuratchilar bir nechta matbuot-markazlarida joylashadilar. Joy uchun kurashdan foyda yo‘q. Ammo buning ham o‘ziga yarasha "plyus" tomonlari bor.

Plakatlar o‘rniga - niqob rejimi

Har yili bir yarim mingdan ziyod odamlar (2019 yilda esa rekord darajadagi 1895 kishi) to‘planadigan Xalqaro savdo markaziga bu yil faqatgina 247 jurnalistni kiritadi. Sanitar talablar shunaqa.

Sotrudniki koll-sentra v Gostinom dvore prinimayut voprosi vo vremya yejegodnoy spetsialnoy programmi Pramaya liniya s Vladimirom Putinim  - Sputnik O‘zbekiston
Putinni matbuot-anjumani: fuqarolar ham savol berishlari mumkin bo‘ladi

Matbuot-anjumani ishtirokchilarini federal okruglar bo‘yicha guruhlarga taqsimlashgan. Xalqaro savdo markazida chet el va Rossiya federal OAV vakillari joy olishadi. Regionlarda esa o‘z maydonlari bo‘ladi. Ular matbuot-anjumani boshlanguniga qadar ikki yarim soat oldin ishga tushadi. Moskvada — uch yarim soat oldin. Ammo poytaxtda asosiy harakatlar kunning yarmida start olsa, Vladivostokda bu kechga to‘g‘ri keladi.

Kreml matbuot-xizmati bu yil plakatlarni ta’qiqlagan. Oldingi yillarda bu shouning asosiy elementlaridan biri bo‘lardi - jurnalistlar qay birining transparanti yoki so‘zlari ko‘proq e’tiborni jalb qilishi borasida o‘zaro bahslashar edilar.

Bu safar omma ichida ajralish murakkabroq bo‘ladi. Ammo, niqoblar ustida yozuvlar haqida hech kim hech narsa demagan. Shu bois, tankchilar shlemida, kosmonavtlar kostumida keladigan jurnalistlar qo‘lqoplardan ham ijodiy foydalanishlari mumkin.

Savollarni nafaqat matbuot-markazida orqali, balki Moskva-Putinu.ru sayti yordamida ham yo‘llash mumkin.

Oltinchi dekabr kuni koll-markaz o‘z ishini boshlagan, ularning operatorlariga ko‘plab savollar kelib tushgan. Xabarlar Umumrossiya xalq fondi tomonidan qayta ishlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0