23:34 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Yangiliklar
Havola olish
161 0 0

Rossiya energetika kompaniyalari mavjud loyihalar bilan oʻzaro hamkorlikni cheklamaydi va Oʻzbekiston bilan yoqilgʻi-energetika kompleksining barcha sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun tayyor ekanligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 17 dek - Sputnik. Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov joriy yilning 14 dekabr kuni Moskva shahriga amaliy tashrifi chogʻida Rossiya Federatsiyasining qayta tayinlangan Energetika vaziri Nikolay Shulginov bilan uchrashdi.

Sultonov Shulginovni Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri lavozimiga tayinlangani bilan qutladi. U Oʻzbekiston uchun Rossiya kompaniyalari bilan yoqilgʻi-energetika tarmogʻida hamkorlik qilish strategik ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Shuningdek Oʻzbekiston Energetika vaziri Rossiyaning moliyaviy institutlari bilan energetika loyihalariga mablagʻlar jalb qilish borasidagi oʻzaro munosabatlar rivojining ijobiy dinamikasini qayd etdi.

Oʻzbekiston energetika kompaniyalarining ishlab chiqarish va moliyaviy jarayonlarini raqamlashtirish hamkorlikning yana bir muhim yangi yoʻnalishi hisoblanadi. 

Oʻz navbatida, N.Shulginov neft-gaz sohasida tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikning muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida energetika sohasidagi hamkorlikning muhimligini taʼkidladi.

Shu bilan birga, u Rossiya energetika kompaniyalari mavjud loyihalar bilan oʻzaro hamkorlikni cheklamaydi va Oʻzbekiston bilan yoqilgʻi-energetika kompleksining barcha sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun tayyor ekanligini taʼkidladi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston gidroenergetika sohasida RF Tashqi iqtisodiy banki moliyaviy qoʻmagida 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Yangi mini GES (Dargʻom kanalida va Quyichotqol GES tarkibida)lar, amaldagi Farhod va Toʻpalang GESlarning modernizatsiyasi shular jumlasidan. Gidroenergetika sohasidagi yana bir qator loyihalar boʻyicha hamkorlik qilish masalasi muhokama qilinmoqda.

Ikki mamlakatning neft va gaz sohasidagi hamkorligi uzoq yillik tarix va muhim istiqbollarga ega. “LUKOYL” kompaniyasi tomonidan ikki MTB (mahsulot taqsimotiga doir bitim) doirasida “Qandim” va “Hisor” konlarida 2004-2020 yillarda 84,4 mlrd. kub metr tabiiy gaz qazib olindi. Mazkur loyihalar boʻyicha oʻzlashtirilgan investitsiyalar miqdori 7,4 mlrd. dollardan oshdi.

“Gazprom” kompaniyasi bilan “Shohpaxta” va “Jel” konlarida qazish ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning 1 noyabr holatiga koʻra, “Shohpaxta” konidan 4,53 mlrd. kub metr tabiiy gaz qazib olingan. Bundan tashqari, “Mustaqillikning 25 yilligi” koni boʻyicha MTBni amalga oshirish doirasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

“LUKOYL” OAJ bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish boʻyicha QK tashkil qilish jarayoni davom etmoqda. Hozirgi vaqtda potentsial sarmoyaviy bloklar koʻrib chiqilmoqda.

Asosiy mavzular