17:31 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
215 0 0

Oʻzbekiston poytaxtida "Istiqlol" majmuasi tashkil etiladi va u yerda mustaqillikning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasi barpo etiladi

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarorga imzo chekdi, deb xabar bermoqda OʻzA.

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etildi.

Davlat mustaqilligining oʻttiz yilligi sanasi munosabati bilan:

  • Oʻzbekiston poytaxtida “Istiqlol” majmuasi tashkil etiladi va u yerda mustaqilligimizning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasi barpo etiladi;
  • Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro halqa yoʻli "Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz yilligi" deb nomlanadi;
  • oʻtgan davrda erishilgan yutuqlarga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston” kitob-albomi hamda har bir sohada amalga oshirilgan islohotlar natijalarini yoritib beruvchi kitob-albom va toʻplamlar nashr etiladi.

Asosiy mavzular