Shifokorlar foydalanilmagan avia-chipta pullarini qaytarib olishdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPassajiri v aeroportu Sheremetyevo
Passajiri v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Arizachilar so‘zlariga ko‘ra, joriy yil aprel oyida Xindistonga 1 haftaga borib kelish uchun 33 million so‘m evaziga avia chipta sotib olishgan, biroq karantin sababli reyslar bekor qilingan.

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Navoiyda bir guruh shifokorlarga karantin tufayli foydalanilmay qolgan avia-chipta pullari qaytarildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot-xizmati ma’lum qildi.

Uzbekistan Airways xorij fuqarolariga chiptalarni jarima to‘lovisiz qaytarmoqda

Ta’kidlanishicha, Navoiy viloyat hududiy birlashmasiga viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining bir guruh shifokorlari tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.

Arizachilar so‘zlariga ko‘ra, joriy yil aprel oyida Xindistonga 1 haftaga borib kelish uchun 33 million so‘m evaziga avia chipta sotib olishgan, biroq karantin sababli reyslar bekor qilingan.

2020 yil 1-iyuldan depozit vaucherlarini rasmiylashtirish orqali to‘lov qaytarilishi ta’kidlangan bo‘lsa-da, 5 oydan buyon pullarini ololmay, sarson bo‘layotganliklaridan norozilik bildirganlar.

Mazkur murojaat Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassilari o‘rganilib, iste’molchilarga umumiy hisobda 33 000 000 (o‘ttiz uch million) so‘m miqdordagi mablag‘ egalariga manzilli qaytarilgan.

Yangiliklar lentasi
0