10:47 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
278 0 0

Qonun loyihasiga koʻra, korruptsiyaga qarshi vakolatli organlar — Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi jismoniy va yuridik shaxslarning korruptsiya faktlariga doir murojaatlari, shu jumladan anonim murojaatlarini koʻrib chiqadi

TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. Milliy qonunchilikda korruptsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha anonim murojaatlarni ham majburiy koʻrib chiqish taklif etilmoqda.

Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasiga koʻra, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyatga oid maʼlumotlar mavjud boʻlgan anonim murojaatlarni koʻrib chiqish chogʻida ular bilan bogʻliq maʼlumotlarni aniqlaganida, jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻlishi mumkin.

Qonun loyihasiga koʻra, korruptsiyaga qarshi vakolatli organlar — Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi jismoniy va yuridik shaxslarning korruptsiya faktlariga doir murojaatlari, shu jumladan anonim murojaatlarini koʻrib chiqadi.

Maʼlum boʻlishicha, 2018-2020 yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga 90 ta hamda Ichki ishlar vazirligiga esa 106 ta jinoyatga, shu jumladan korruptsiyaga oid maʼlumotlar boʻlgan anonim murojaatlar kelib tushgan.

Asosiy mavzular