O‘zbekiston KPPlarida pulli xizmatlar ro‘yxati belgilandi

© Sputnik Amir IsayevKPP "Patar" na granitse Tadjikistana i Uzbekistana
KPP Patar na granitse Tadjikistana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi va migratsiya blankalarini to‘ldirib berish, turli kompyuter xizmatlari, faks, Internet xonalari pulli xizmat turiga kiritilmoqda.

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. O‘zbekiston Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati belgilandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Hukumat tomonidan "O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risida"gi Nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endi pulli xizmatlar turi quyidagilardir:

  • O‘zbekiston hududida faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari xizmatlari;
  • Ovqatlanish hamda sanitar-gigiyenik xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat;
  • Boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarning chakana savdosi;
  • Yo‘lovchilar uchun qo‘l aravachalarini ijaraga berish;
  • Yo‘lovchilar va ularning yuklarini o‘tkazish punkti ichida tashish xizmati;
  • O‘tkazish punkti orqali harakatlanayotgan transport vositalarini mayda ta’mirlash ishlari hamda ularni evakuatsiya qilish;
  • Hajmi katta bo‘lmagan qo‘l yuklarini saqlab berish;
  • Transport vositalarida tashilayotgan yuklar bilan operatsiyalar amalga oshirish (yuk ortish, tushirish, qayta yuklash);
  • Tarjimonlik xizmati;
  • Xizmat ko‘rsatish (yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi va migratsiya blankalarini to‘ldirib berish, turli kompyuter xizmatlari, faks, Internet) xonalari;
  • Taksi chaqirish xizmati.

Ta’kidlanishicha, pulli xizmat ko‘rsatilishi uchun avtomobil o‘tkazish punktining geografik joylashuvi, ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan pulli xizmatlar turi hamda ularni ko‘rsatish uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan maydon, o‘tkazish punktining o‘tkazuvchanlik qobiliyati inobatga olinadi.

Yangiliklar lentasi
0