Buyvollar podasi urg‘ochi sherni shoxlab o‘ldirdi - video

Obuna bo‘lish
Yovvoyi tabiatda nafaqat o‘txo‘rlar, balki yirtqichlar ham xatar ostida bo‘ladi. Urg‘ochi sher uchun bu ov muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

National Geographic xabariga ko‘ra, buyvollarning urg‘ochi sherni shoxlab o‘ldirgani aks etgan kadrlar JAR Kruger milliy parkida suratga olingan. Avval boshdan ro‘y bergan hodisa haqida fotosuratchi tufayli xabar topilgan bo‘lsa, keyinroq, bo‘lib o‘tgan voqeani videoga olgan sayyoh ayolni topishga muvaffaq bo‘lingan.

Udav - Sputnik O‘zbekiston
Ikki ilon va laqqa baliq bir-birini yemoqda — g‘aroyib video

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular suvloq joyga kelib, buyvollar podasi, echkilar va dam olib yotgan begemotlarni ko‘rishgan. Ammo bu hotirjamlik vaqtinchalik edi. Tez orada hamma tushunarsiz shovqinni eshitgan, bir pasdan so‘ng poda o‘rtasida allaqanday bezovtalik ro‘y berayotgani ma’lum bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ikkita urg‘ochi sher ov qilishni istab qolgan, ammo ularning birini buyvollar podasi o‘rab olib, shoxlab o‘ldirgan. Azbaroyi g‘azab otiga mingan hayvonlar yirtqichni toptab, shoxlari bilan osmonga qarata uloqtirishardi.

Fotosuratchi olgan kadrlarda esa poda ketganidan so‘ng jasad yoniga yugurib kelgan ikkinchi urg‘ochi sherni ko‘rish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0