TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. Amerikaning Afgʻonistondagi "Bagram" harbiy bazasiga toʻrtta raketa kelib tushdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mahalliy OAVlarga tayangan holda.
Raketalar, qayd etilishicha, Kalandarxil tumanidan uchirilgan, ularning soni jami oʻnta boʻlgan. BM-12 raketalari unchalik katta boʻlmagan platformada joylashtirilganligi aytilmoqda.
Raketalarning oltitasining uchirilishini oldini olishga muvaffaq boʻlingan.
NATO vakili maʼlumotlariga koʻra, yuz bergan hodisa oqibatida hech kim jabr koʻrmagan.
Raketalar kim tomonidan uchirilgani ham hozircha nomaʼlum.