09:32 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
252 0 0

Finlyandiya tomoni har bir oʻquvchiga mamlakatda 3 yil davomida yashash, ovqatlanish va oʻqish uchun 40 ming yevro miqdorida grant ajratadi.

TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. Finlyandiyaning Lappeyenranta shahri va Navoiy viloyati oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash boʻyicha yuqori darajadagi uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Taʼlim inspektsiyasi matbuot-xizmati.

Muzokaralar yakunida Lappeyenranta shahri va Navoiy viloyati oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga koʻra, Navoiy viloyatidan 2 nafar 9-sinf bitiruvchi oʻquvchisi Lappeyenranta shahriga kelib, 3 yil davomida taʼlim olishi mumkin. Finlyandiya tomoni har bir oʻquvchiga mamlakatda 3 yil davomida yashash, ovqatlanish va oʻqish uchun 40 ming yevro miqdorida grant ajratadi.

Shuningdek, finlyandiyalik oʻquvchilar ham Navoiy viloyatiga kelib oʻqishlari mumkin boʻladi.

Asosiy mavzular