O‘zbekistonda kimlar birinchi navbatda vaksinatsiya qilinadi - Nurmat Atabekov izohi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVaksina ot CoVID-19 "Gam-KOVID-Vak"
Vaksina ot CoVID-19 Gam-KOVID-Vak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vaksina O‘zbekistonga olib kelingach, birinchi galda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, bog‘chalar tarbiyachilari emlanadi

TOShKENT, 22 dek - Sputnik. O‘zbekistonda birinchi galda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, bog‘chalar tarbiyachilari emlanadi, deb ma’lum qildi "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Atabekov.

Yejegodnaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya vaksinasini xavfsiz va samarali deb atadi

Atabekovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina so‘rab murojaat qilgan.  O‘zbekiston arizasi qabul qilingan.

"Modomiki qaysidir vaksina Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlansa, u O‘zbekistonga olib kelingach, birinchi galda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, bog‘chalar tarbiyachilari emlanadi", - degan Atabekov.

Sal oldin O‘zbekiston va Rossiya Rossiyaga ishlashga ketayotgan mehnat migrantlarini emlash uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining 1 million dozasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolagani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini xarid qilishga qiziqish bildirmoqda. Inson adenovirus vektorlari platformasi asosida yaratilgan, dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan bo‘lgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgan edi.

Yangiliklar lentasi
0