TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya tinchlikparvar kuchlarining muhandislik boʻlinmalari shimoliy Stepanakert hududini minalardan tozalash ishlarini yakunlashmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati xabariga koʻra, operatsiya davomida muhandislik boʻlinmalari 260 gektar yer, 100 kilometr yoʻl, 434ta uy-joylarni minalardan tozalashgan.
Taʼkidlanishicha, 8,6 mingdan ortiq portlash xavfi boʻlgan predmetlar aniqlangan va zararsizlantirilgan.
Hududni portlovchi predmetlardan tozalash ishlari davomida tinchlikparvarlar togʻ-toshli va ob-havo yomonlashgan sharoitda minalardan tozalashning yuqori jadalligini ushlab turishga imkon beruvchi zamonaviy robototexnik majmualardan foydalanishmoqda.
"Aniqlangan portlovchi predmetlar va portlamay qolgan oʻq-dorilar olib chiqilmoqda va maxsus jihozlangan poligonda yoʻq qilinmoqda. Evakuatsiya qilinmaydigan oʻq-dorilar barcha zarur xavfsizlik choralarini koʻrgan holda joyida yoʻq qilinmoqda", - deyiladi xabarda.
Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari - Vladimir Putin, Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyev Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish haqida qoʻshma bayonot qabul qilishgan edi. Bayonotga muvofiq, 10-noyabrdan Togʻli Qorabogʻda oʻt ochish toʻliq toʻxtatiladi. Armaniston tomoni bir qator hududlardan voz kechishga rozi boʻldi.
Oʻt ochishni toʻxtatish va jangovar harakatlar ustidan nazorat olib borish maqsadida Togʻli Qorabogʻ mojarosi zonasida Rossiya Federatsiyasining 1960 nafar harbiy xizmatchilari kontingenti, 90 ta bronetransportyor, 380 dona avtomobil va maxsus texnika joylashtirilgan.