06:55 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
570 0 0

Ekspertlar aql va idrokni saqlab qolishning oson yoʻlini taklif etdilar – u MedicalXpress nashrida chop etildi.

TOSHKENT, 23 dek - Sputnik. Amerikalik olimlar keksaygan chogʻda aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usulini topdilar: tadqiqotchilar soʻzlariga koʻra, buning uchun kundalik ratsionda uglevodlar miqdorini kamaytirishning oʻzi kifoya.

Qiziqarli tadqiqot jamoatchilik eʼtiborini tortdi. Tadqiqotda 18 yoshdan 88 yoshgacha boʻlgan insonlar ishtirok etishgan. Sinovdan oʻtayotganlar tomografiya yordamida miya skaneridan oʻtganlar va buning oqibatida qiziqarli xulosalar maʼlum boʻlgan.

Medical Express nashrining yozishicha, Stouni-Bruk universiteti olimlari keksaygan chogʻda aql-idrokni saqlab qolish usulini topishgan: maʼlum boʻlishicha, buning uchun isteʼmol qilinadigan uglevodlar miqdorini kamaytirish lozim.

Tadqiqotchilar ikkita diyeta - kamuglevodli (keto-diyeta) va standart parhech boʻyicha miya faoliyatiga baho berishgan.

Agar odatiy parhezning asosiy "yoqilgʻisi" glyukoza boʻlsa, keto-diyeta ketonlar - yaʼni, yogʻli zaxiralarning parchalanishi oqibatida hosil boʻladigan va glyukozaga muqobil sifatida taqdim etiladigan mahsulotlarga asoslangan.

Tadqiqot natijalariga koʻra, ketonlar tufayli miya faolligi xazon boʻlishining ilk belgilari faqatgina 47 yoshda oʻzini namoyon etgan, qarishning maksimal tezligi esa faqatgina 60 yoshda boshlangan. Shunisi qiziqki, keto-diyeta hatto yoshlarda miya faoliyatini faollashtirgan.

Teglar:
keto-diyeta, olimlar, Uglevod

Asosiy mavzular