17:08 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
215 0 0

Prezident forumda nutq soʻzlaydi va yoshlar bilan muloqot qiladi. Tadbirning oʻzida 3 ming 300 nafardan ziyod, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafar yigit-qiz qatnashishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 25 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakat tarixida ilk marta oʻtkazilayotgan yoshlar forumida ishtirok etadi.

"Ushbu yirik tadbirni tashkil etish tashabbusi davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 20 noyabr kuni ilgari surilgan edi", - deya aniqlik kiritgan Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

18 dekabr kuni Toshkent shahrida boshlangan forum tadbirlari yanada keng koʻlam kasb etib,mamlakatning barcha shahar va tumanlarida boʻlib oʻtdi.

Yoshlarimiz vazir va hokimlar bilan ochiq muloqot qilish, hokimiyat va boshqaruv organlarining boshqa vakillari bilan uchrashish, yetakchi ekspert va jamoatchilik faollari bilan muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

Bugungi tadbir Oʻzbekiston yoshlari forumining mantiqiy yakuni boʻladi.

Prezident forumda nutq soʻzlaydi va yoshlar bilan muloqot qiladi. Tadbirning oʻzida 3 ming 300 nafardan ziyod, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafar yigit-qiz qatnashishi kutilmoqda.

Teglar:
yoshlar haftaligi, yoshlar, yoshlar siyosati, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular