Toshkentda koronavirusga qarshi kurashganlarga davlat mukofotlari topshirildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki v sanitarnom shlyuze gorodskoy klinicheskoy bolnitse
Meditsinskie rabotniki v sanitarnom shlyuze gorodskoy klinicheskoy bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mukofotlanganlar orasida 200 nafari shifokor, 69 nafari esa o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari hisoblanadi.

TOShKENT, 26 dek - Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil davomida koronavirusga qarshi kurashda fidoyilik ko‘rsatgan 357 nafar kishini davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Ministr zdravooxraneniya RUz Abduxakim Xadjibayev - Sputnik O‘zbekiston
COVID ikkinchi to‘lqini, vaksina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

Tadbirda O‘zbekiston prezidentining Yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Laziz To‘ychiyev, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev hamda soha mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

"Har qanday mukofot – bu avvalo, el-yurt, Vatan e’tirofi, xalq ishonchidir. Men bugun mukofotlanganlarning har birini yana bir bor muborakbod etib, ularga Prezidentimiz, xalq ishonch bildirganini ta’kidlab o‘tmoqchiman. So‘nggi to‘rt yil ichida sog‘liqni saqlash tizimiga e’tibor va g‘amxo‘rlik yuqori darajaga yetdi. Biz ushbu mukofotlarni, avvalo, Prezidentimizning ilm-fan, sog‘liqni saqlash sohalarida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida o‘zini ayamasdan mehnat qilayotgan, shifokor degan yuksak nomga har tomonlama munosib bo‘lgan fidoiy insonlarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatiga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rligining yana bir amaliy ifodasi sifatida qabul qilamiz", - deb qayd etdi SSV rahbari Abduhakim Xadjibayev.

Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
"Sputnik V" vaksinasi haqida barcha savollarga javoblar

Taqdirlanganlar orasida 269 nafari Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan tibbiyot sohasi mutaxassislaridir. Jumladan, mukofotlanganlar orasida 200 nafari shifokor, 69 nafari esa o‘rta va kichik tibbiyot xodimlaridir.

26 dekabr holatiga ko‘ra, jahonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 bilan infeksiyalanganlar soni 80 millionga yaqinlashgan. Virusga chalinganlar eng ko‘p AQShda qayd etilgan (18,6 mln kishi). Hindistonda - 10,1 mln. Braziliyada 7,4 mln.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 76,6 mingdan oshiq.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1961 nafar bemordan 162 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0