TOSHKENT, 26 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda davomli yer silkinishi kuzatildi. Vodiy tomonda, xususan, Namangan, Andijon va Fargʻonada yer silkini kuchi 5-6 ballni tashkil qildi. Bu haqda FVV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 15:28 da Oʻzbekistonning bir qator hududlarida yer silkinishlari sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, zilzila Toshkent vaqti bilan 15:28 da Qirgʻizistonda sodir boʻldi. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 238 kilometrni tashkil etadi. Epitsentrida zilzila kuchi 5,3 magnituga teng boʻlgan, oʻchogʻi 10 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzila kuchi Fargʻona shahrida 6 ballni tashkil etgan.
Qirgʻizistonda yuz bergan zilzilaning Oʻzbekiston shaharlarida sezilishi:
Toshkent: 238 km, 3 ball.
Namangan: 90 km, 4 ball.
Andijon: 88 km, 4 ball.
Fargʻona: 24 km, 5-6 ball.
Guliston: 246 km, 2 ball.
Jizzax: 325 km, 2 ball.
Samarqand: 405 km, 2 ball.