Turkiya xorijliklar uchun yangi talablarni joriy qildi

Obuna bo‘lish
Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi havo qatnovi orqali chet ellardan respublikaga kelayotgan yo‘lovchilar endi o‘zlari bilan "COVID-19"ga "PSR SARS-COV-2" uslubida test topshirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari shart

TOShKENT, 26 dek - Sputnik. Turkiyaga boradigan xorijliklar uchun 28-dekabrdan boshlab yangi talablar kuchga kiradi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Passajiri v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
Yangi tartib: O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar 14 kunga karatinga olinadi

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi havo qatnovi orqali chet ellardan respublikaga kelayotgan yo‘lovchilar endi o‘zlari bilan "COVID-19"ga "PSR SARS-COV-2" uslubida test topshirilgani to‘g‘risidagi, xorij fuqarosi Turkiya davlat chegarasini kesib o‘tayotgan paytda olinganiga 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan amaldagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari shart.

Manfiy ko‘rsatkichli "PSR-test SARS-COV-2" natijasini taqdim etmagan yo‘lovchilar chegaradan o‘tilayotganda ko‘rsatiladigan manzil (uy yoki mehmonxona)da majburiy 7 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Mabodo fuqaro Turkiyada vaqtincha yashaydigan manzilini ko‘rsatmagan bo‘lsa, u mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan karantin hududiga yuboriladi.

7 kunlik karantindan keyin olingan "PSR-test SARS-COV-2" tahlilida musbat natija qayd etilganlar Turkiya SSVning "SOVID-19" munosabati bilan joriy etilgan amaldagi tegishli qoidalari asosida davolanadilar. Ushbu choralar 2021-yilning 1-martigacha amal qiladi.

Yangiliklar lentasi
0