09:58 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
100 0 0

Bundan tashqari, bayram kunlari 219 ta tugʻruq muassasalari ham uzluksiz faoliyat koʻrsatadi. Jumladan, 31 dekabrdan 1 yanvargacha bir sutka davomida 583 nafar akusher-ginekolog, 1172 nafar doya onalar va bolalar salomatligi yoʻlida xizmat koʻrsatishadi.

TOSHKENT, 30 dek - Sputnik. Bayram kunlari Oʻzbekistonda barcha tibbiyot muassasalarida shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyati tegishli navbatchilik jadvali asosida yoʻlga qoʻyiladi. Bayram kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz, tunu kun ishlaydi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

Jumladan, hozirgi kunda sogʻliqni saqlash tizimida mavjud birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatuvchi 2369 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari hamda tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalarida tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi.

Shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalari va “tez yordam” xizmati odatdagi tartibda bir maromda uzluksiz ishlaydi. Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlarda 13 ta filiali, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tizimidagi barcha boʻlimlari faoliyat koʻrsatadi.

Mamlakat boʻyicha hududlarda 14 ta Call-markaz tunu kun ish rejimida boʻlib, "tez yordam" tizimida mavjud 2748 ta brigada tarkibidagi jami 12 837 nafar shifokor va va 27 653 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida aholiga malakali tibbiy yordam koʻrsatadi.

Bundan tashqari, bayram kunlari 219 ta tugʻruq muassasalari ham uzluksiz faoliyat koʻrsatadi. Jumladan, 31 dekabrdan 1 yanvargacha bir sutka davomida 583 nafar akusher-ginekolog, 344 nafar neonatolog, 1172 nafar doya hamda 2042 nafar hamshira onalar va bolalar salomatligi yoʻlida xizmat koʻrsatishadi. Bayramning keyingi kunlari ham yana shunchadan tibbiyot xodimlari navbatchilikka kirishadilar.

Asosiy mavzular