09:41 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
155 0 0

Davlat rahbarlari 2021 yilda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma rejalarni, shuningdek, ikki tomonlama aloqalar va xalqaro tuzilmalar, avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi boʻlajak tadbirlar rejasini atroflicha koʻrib chiqdilar

TOSHKENT, 30 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbarlari bir-birlarini dildan qutlar ekanlar, kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashib, mamlakatlarning birodar xalqlariga tinchlik, farovonlik, baxt-saodat, muvaffaqiyat va ravnaq tiladilar.

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan global inqiroz oqibatlariga qaramay, yakuniga yetayotgan yilda Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalariga, yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro hurmat va ishonch tamoyillariga, oʻxshash tarix, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar mushtarakligiga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda katta natijalarga erishilgani taʼkidlandi.

Davlat rahbarlari 2021 yilda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma rejalarni, shuningdek, ikki tomonlama aloqalar va xalqaro tuzilmalar, avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi boʻlajak tadbirlar rejasini atroflicha koʻrib chiqdilar.

Prezidentlar savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga, kelgusi yilda ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarga boy dasturni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Yangi yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish masalalari ham muhokama qilindi.

Teglar:
Turkmaniston, prezident

Asosiy mavzular