07:24 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
117 0 0

Videokonferentsaloqa shaklida boʻlib oʻtadigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar shular jumlasidan.

TOSHKENT, 31 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining oʻn birinchi yalpi majlisini 2021 yil 6 yanvar kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Bu haqda Senat matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Videokonferentsaloqa shaklida boʻlib oʻtadigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida"gi, "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Kengash majlisida Oliy Majlis Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish, qolaversa, Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlaydigan senator A. Toʻychiyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchilar missiyasi tarkibida Qirgʻiziston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan oldin boʻlib oʻtadigan saylovda ishtirok etishi toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Teglar:
prezidentning parlamentga murojaatnomasi, Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis, senatorlar, senat

Asosiy mavzular