18:03 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
261 0 0

Taʼkidlanishicha, ishlab chiqarish jarayoni barqarorligini taʼminlash maqsadida maxsus shtab tashkil etilgan, 24 soatlik navbatchilik joriy etilib, mutasaddilar oldida turgan birinchi darajali chora-tadbirlar belgilab olingan

TOSHKENT, 31 dek - Sputnik. "Issiqlik elektr stantsiyalari" AJ Boshqaruvi raisi Ruslan Mubarakshin rahbarligida kirib kelayotgan yangi 2021 yil bayrami kunlarida isteʼmolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash ishlarini samarali tashkil etishga bagʻishdangan video-selektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

"Issiqlik elektr stantsiyalari" AJ matbuot xizmati xabari asosida.

Yigʻilishda, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼyektlarini 2020/2021 yillar kuz-qish mavsumida sifatli elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida joriy yil 17 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida va 17 avgust kuni Bosh vazir rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarida mavsumni barqaror va uyushqoqlik bilan tashkil etish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarni soʻzsiz bajarish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligi aytib oʻtildi. 

Shunga qaramasdan, ishlab chiqarish jarayoni barqarorligini taʼminlash maqsadida maxsus shtab tashkil etilib, Aktsiyadorlik jamiyati va korxonalar kesimida maxsus buyruqlar ishlab chiqildi, 24 soatlik navbatchilik joriy etilib, mutasaddilar oldida turgan birinchi darajali chora-tadbirlar belgilab olindi.

"Joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish doirasida 8 ta energoblok, 15 ta qozon agregatlari, 5 ta BGQ va boshqa bir qator asosiy va yordamchi energiya uskunalarini taʼmirlandi, - deydi "Issiqlik elektr stantsiyalari" AJ Boshqaruvi raisi R.G.Mubarakshin. - Ushbu ishlarni bajarilishi natijasida issiqlik elektr stantsiyalari va markazlarining amaldagi quvvati 368 MVt ga oshdi. Galdagi vazifamiz ushbu qurilmalarning toʻliq quvvatlarda ishlashini taʼminlash, yurtdoshlarimizga bayram kunlarida sifatli elektr va issiqlik quvvatlarini yetkazishdan iborat".

Asosiy mavzular