11:12 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
400 0 0

Aeroportga yangi hukumat aʼzolari Po prilete chlenov novogo pravitelstva aeroport obstrelyali raketami. Vlasti stranы zayavili, chto pered vzrыvami bыli slыshnы bespilotniki.

TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Yaman janubida Aden aeroportida yuz bergan terakt oqibatida 25 kishi halok boʻldi, 110 nafari jarohatlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Fojia kecha yuz bergan. Kelish zalida bir nechta kuchli portlashlar yuz bergan. Xuddi shu vaqtda samolyot trapidan Saudiya Arabistonidan qaytgan yangi hukumat aʼzolari tushib kelishlari kerak edi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jarohatlanganlar orasida aloqa vaziri oʻrinbosari, Aden gubernatori vakili va mahalliy qamoqxona direktori bor. yavazirlar jabr koʻrishmagan, ularni hukumat saroyiga oʻtkazishgan.

RIA Novosti manbasi maʼlumotlariga koʻra, aeroport Yaman janubi-gʻarbidagi Taiz provintsiyasida joylashgan "Ansar-Alla" (xusiylar) harakati qoʻzgʻolonchilari nazoratida boʻlgan hududlardan raketa hujumiga uchragan.

Sky News Arabia telekanali oʻz navbatida, portlashlar oldidan aeroport ustida dronlar ovozlarini eshitilgani haqida xabar bergan. Telekanal shuningdek, raketa kelib tushishi lahzalari aks etgan videoni joylagan.

Yaman hukumati teraktda qoʻzgʻolonchilarni ayblamoqda, ammo xusiylar siyosiy byurosi aʼzosi Muhammad al-Baxitiy ularning harakati "Aden aeroportidagi hujumga hech qanday aloqador joyi yoʻqligi, portlashlar esa hukumat kuchlaridagi turli guruhlar oʻrtasida hisob-kitob natijasi" ekanini maʼlum qilgan.

Yuz bergan hodisaga xalqaro hamjamiyat tezkorlik bilan munosabat bildirdi.

Rossiya teraktni keskin qoraladi, sinchkovlik bilan surishtiruv ishlarini oʻtkazish tarafdori ekanini maʼlum qilib, halok boʻlganlarning yaqinlariga taʼziya bildirdi.

Moskva taʼkidiga koʻra, ichkiyaman mojarosining barcha tomonlari murosaga kelmas ekan, ushbu muammoni hal etib boʻlmaydi.

AQSH oʻz bayonotida Yaman hukumatini qoʻllab-quvvatlagan.

Maʼlumot uchun: Yamanda 2015 yildan buyon prezident Abdu Rabbu Mansur Xadi (Saudiya Arabistoni harbiy koʻmagi bilan) va xusiy-qoʻzgʻolonchilar (Eron koʻmagi ostidaligi taxmin qilinadi) tarafdorlari oʻrtasida fuqarolik urushi davom etib kelmoqda.

Sal oldin, Saudiya Arabistonida boʻlgan prezident Xadi Abdul Malik boshchiligida 24 vazirdan iborat yangi hukumatni tayinlagan edi.

Hukumat tarkibiga respublika janubiy qismi ajralib chiqishi tarafdori boʻlgan Janubiy Yaman Muvaqqat kengashining besh nafar aʼzosi kirgan.

Mamlakatning shimoli, shu jumladan, Sana shahri, xusiylar nazoratida qolmoqda. Shu bois, respublikaning xalqaro darajada tan olingan vaqtinchalik poytaxti Aden shahri boʻldi.

Asosiy mavzular