TOSHKENT, 31 dek - Sputnik. Yangi yil bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.
Ularda joriy yilgi xatar va qiyinchiliklarga qaramay, mamlakatimiz bilan hamkorlik izchil rivojlangani taʼkidlanib, kelgusida oʻzaro munosabatlar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirilgan.
Davlat rahbariga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, ezgu niyatlar izhor etilgan.
Jumladan, oʻz tabriklarini quyidagilar yubordilar:
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin;
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan;
Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel;
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Talant Mamitov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani;
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Daniya Qirolichasi Margrete II;
Norvegiya Qiroli Xarald V;
Vengriya Prezidenti Yanosh Ader;
Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda;
Latviya Respublikasi Prezidenti Egils Levits;
Irlandiya Respublikasi Prezidenti Maykl Xiggins;
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub;
Moʻgʻuliston Prezidenti Xaltmaagiyn Battulgʻa;
Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddi;
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko;
Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisining oʻrinbosari Van Tsishan;
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan;
Yaponiya parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Akiko Santo;
Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban;
Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) Bosh kotibi Yens Stoltenberg;
Yevropa Markaziy banki prezidenti Kristin Lagard;
Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriya;
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bagʻdat Amreyev.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.