09:47 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
63910

Rossiya havo-kosmik kuchlari radiotexnika qoʻshinlari boʻlinmasining olti mingdan ortiq harbiy xizmatchilari kundalik jangovar navbatchilikda turadi.

TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi 2020 yilda mamlakat chegaralarida razvedkaga oid faollik toʻgʻrisida maʼlumot berdi. RIA Novosti xabari asosida.

2020 yilda harbiylar Rossiya chegarasiga yaqin kelgan 2,9 mingga yaqin jangovar va 1,1 mingdan ortiq razvedka havo kemalarini aniqlaganlar, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

"2020 yil oʻquv yilida havo-kosmik mudofaasi boʻyicha jangovar navbatchilikni olib borish vaqtida Harbiy kosmik kuchlar radiotexnika qoʻshinlari boʻlinmalari bir milliondan ortiq havo kemalarini, shu jumladan 2900 ga yaqin jangovar va 1100 dan ziyod razvedka aviatsiyasini aniqlashdi va kuzatib qoʻyishdi", - deyiladi xabarda.

© Sputnik / Vladimir Trefilov

Taʼkidlanishicha, radiotexnika qoʻshinlari boʻlinmalarining olti mingdan ortiq harbiy xizmatchilari kundalik jangovar navbatchilikda turadi. Ushbu turdagi qoʻshinlarning mutaxassislari nazorat nishonlari yordamida navbatchi kuchlar sinovlarida ishtirok etishadi, davlat chegarasi va havo boʻshligʻidan foydalanish tartibini buzgan shartli samolyotlar aniqlanganda, navbatchilarning havo hujumidan mudofaa kuchlari boʻyicha harakatlarini mashq qiladilar.

"Pandemiya bilan bogʻliq cheklovlarga qaramay, 2020 yilda radiotexnika qoʻshinlarda Havo-kosmik kuchlari qismlari radiotexnik boʻlinmalari va qismlari bilan 100 dan ortiq taktik va maxsus taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi", - deb qoʻshimcha qilishdi Mudofaa vazirligida.

Bunday tadbirlarning taxminan 30 foizi Ashuluk, Telemba va Pemboy davlat poligonlarida oʻtkazildi, deya xulosa qildi mudofaa idorasidagilar.

Teglar:
razvedka xizmati, Rossiya

Asosiy mavzular