09:59 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
360 0 0

Amerika prezidenti oʻz harakatlarini koronavirus infektsiyasi pandemiyasi iqtisodiy oqibatlari fonida amerikaliklar uchun ish joylarini saqlab qolish istagi bilan izohladi.

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp qator kategoriyadagi vizalar va aksariyat grin-kartlar uchun vaqtinchalik taʼqiqni uzaytirdi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.

Yangi qarorga koʻra, 2020 yilning aprelida kiritilgan va iyun oyida kengaytirilgan viza cheklovlari yana uch oyga - 2021 yilning 31 martiga qadar uzaytirilgan.

Bunda gap, xususan, H-1B, H-2B, H-4, L immigratsiya va ish vizalari hamda AQShda ishlash huquqini beruvchi gap J kategoriyasidagi aksariyat hujjatlarning berilishi toʻxtatilishi haqida bormoqda.

Ushbu qarorga izoh berar ekan, Tramp, cheklovlar koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzul vaqtida ish joylari uchun raqobatning oldini olish uchun zarurligini aytgan.

"COVID-19ning amerika mehnat bozori va aholi salomatligiga taʼsiri avvalgidek tashvishlantirmoqda", - deb yozgan Tramp oʻz bayonotida.

Tramp imzolagan qaror viza lotereyasi oʻtkazilishiga vaqtinchalik taʼqiqni saqlab qoladi. Hujjatga muvofiq, aksariyat kategoriyaga tushuvchi arizachilarga grin-karta berilishi vaqtincha taʼqiqlanadi.

Teglar:
Donald Tramp, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Amerika, Grin-karta

Asosiy mavzular