Korrupsiyaga qarshi kurashga munosib hissa qo‘shganlar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPeredacha portfelya iz ruk v ruki
Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shaxslarni rag‘batlantirish masalalari korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. Hukumat qarori bilan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiyaga oid anonim murojaatlar ham ko‘rilib chiqiladi
Nizomga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
  •  o‘zlariga nisbatan pora talab qilgan shaxs yoki o‘zlariga ma’lum bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar (Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti)ga bergan xabari asosida bunday huquqbuzarlik fosh etilsa;
  • korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan xabar asosida qidiruvdagi shaxs ushlanishi (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno).
  • Shunga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar tegishlicha BHMning 3 baravaridan 25 baravarigacha (669 ming so‘mdan 5 mln 575 ming so‘mgacha) miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
Agar pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning yuz baravaridan ko‘p bo‘lsa, mukofot quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:
Generalniy prokuror Uzbekistana Nigmatilla Yuldashev. - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘ldoshev: 2-yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln so‘mdan oshdi
  • ancha miqdor uchun – mulk qiymatining 15 foizi miqdorida;
  • ko‘p va juda ko‘p miqdor uchun – mulk qiymatining 10 foizi miqdorida.
  • Shaxs korrupsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shganligi uchun davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi mumkin.
Shaxslarni rag‘batlantirish masalalari korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Maxsus komissiya qarori asosida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘asi bilan taqdirlash haqida qaror 1 ish kunida chiqariladi.
Pul mukofoti xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng 15 ish kuni ichida shaxslarning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Yangiliklar lentasi
0