O‘g‘irlangan shaxsiy ma’lumotlar va UzIMEI-kod muammosi: uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olingan

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik pravooxranitelnix organov
Sotrudnik pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV masu’l xodimi Baxtiyor Sulaymanovning aniqlik kiritishicha, shu paytga qadar o‘zgalarning pasport ma’lumotlariga IMEI-kodni rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan 7 mingga yaqin  huquqbuzarliklar aniqlangan. Bu ish yirik uyushgan jinoiy guruh tomonidan amalga oshirilgan
TOShKENT, 4 yanv - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" DUK direktori vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Shokirov UzIMEI tizimidagi firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga o‘z munosabatini bildirdi. U pasportiga kidir UzIMEI-kod ovolgan fuqarolar ushbu kodni o‘zlariga qaytib olish uchun qanday yo‘l tutishlari kerakligini tushuntirdi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
UzIMEI tizimi joriy qilinishiga nima sabab bo‘ldi
Shokirovning aytishicha, pandemiya vaqtida xorijdan qaytgan fuqarolar, ayniqsa, bunday holatlarga juda ko‘p duch keldilar.
"Fuqarolarimizning aksariyati xorijdan qaytganlarida o‘zlari bilan olib kelgan mobil qurilmani IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsa, "pasportingizga IMEI-kod ro‘yxatga olinib bo‘lingan degan xabar olishgan. Bunday holatda amaldagi tartib bo‘yicha ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat etilishi lozim. "Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida qonun"ga muvofiq. Deylik, yashash joy manzili bo‘yicha ichki ishlar bo‘linmasiga. O‘z navbatida, IIV pasportdan kim foydalanganligi bo‘yicha bizdan ma’lumot so‘raydi, biz ushbu imey-kod bo‘yicha qanday mobil qurilmasi ro‘yxatga olingani borasida ularga ma’lumot beramiz", - deya tushuntirdi Shokirov.
Ruki s mobilnimi telefonami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘zgardi
"O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" DUK direktori vazifasini bajaruvchisi so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan pasport ma’lumotlaridan kim foydalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot IIVga bir soat vaqt ichida uzatilishi mumkin.
IIV chora ko‘rgan taqdirda, pasport ma’lumotlari o‘g‘irlangan fuqaro O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi o‘z mobil qurilmasi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganida, IMEI-kod uning nomiga ro‘yxatdan o‘tkazib beriladi.
Shokirov, shuningdek, Hukumatining 2020-yil 31-dekabrdagi qarori bilan O‘zbekistonda foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganini alohida qayd etdi.
Yangi nizom bo‘yicha IMEI-kod boshqa fuqaroning pasport ma’lumotlariga noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, telefon o‘chiriladi. Imey-kod uchun to‘langan pullar ham qaytarib berilmaydi.
Prezentatsiya novix smartfonov Nokia i i obnovlennoy Nokia 3310 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda IMEI kodsiz telefonlardan foydalanish ta’qiqlanadi
IIV masu’l xodimi Baxtiyor Sulaymanovning aniqlik kiritishicha, shu paytga qadar o‘zgalarning pasport ma’lumotlariga IMEI-kodni rasmiylashtirish bilan bog‘liq 7 mingga yaqin  huquqbuzarliklar aniqlangan (bunda faqat Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan fuqarolar arizasi inobatga olingan) va ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. Shu holat bo‘yicha uyushgan guruh jinoiy javobgarlikka tortilgan, ular orasida farroshdan tortib, tadbirkorlargacha va mansabdor shaxslargacha bor.
Uyushgan guruh orasida pandemiya vaqtida xorijdan qaytarilgan shaxslar ma’lumotlarini karantin zonasida pullagan jinoyatchilar bor, deya aniqlik kiritdi Sulaymonov.
Hozirda tergov jarayoni olib borilayetgani uchun, aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra tergov jarayoni tuguganidan keyin batafsil ma’lumot beriladi, deya aniqlik kiritdi IIV xodimi.
Yangiliklar lentasi
0