10:12 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
68 0 0

Joriy yilning 11-16 yanvar kunlari Yoshlar ijod saroyida "Yangi Oʻzbekiston va milliy kinematografiya" oyligi doirasida "Oʻzbek milliy kino sanʼati haftaligi" tashkil etiladi.

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda ilk bor "Yangi Oʻzbekiston va milliy kinematografiya" oyligi oʻtkaziladi.

Joriy yilning 11-16 yanvar kunlari Yoshlar ijod saroyida "Yangi Oʻzbekiston va milliy kinematografiya" oyligi doirasida "Oʻzbek milliy kino sanʼati haftaligi" tashkil etiladi.

Haftalik davomida yangi kinoloyihalar taqdimoti, yoshlar uchun mahorat darslari, davra suhbatlari, kasting va konferentsiyalar hamda yangi filmlar premyeralari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, respublika boʻylab taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilib, aholi bilan oʻzbek kino sanʼati tarixi va bugungi kuni haqida muloqot uyushtiriladi. Bir qator tarixiy-badiiy filmlarning bepul namoyishi oʻtkaziladi.

Kino haftalik doirasida yosh kinoijodkorlar uchun Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkentda filialini ochish, Toshkent xalqaro kinofestivalini tashkil qilish masalalari muhokamalar markazida boʻladi.

Asosiy mavzular