Talimarjon IES energobloklari faoliyati tiklandi

© Ministerstvo energetiki UzbekistanaTalimardjanskaya TES
Talimardjanskaya TES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda mazkur energobloklar shtat rejimida ishlamoqda, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Talimarjon issiqlik elektr stansiyasining 2 ta bug‘-gaz qurilmalari ishga tushirildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot-xizmati.
Talimardjanskaya TES - Sputnik O‘zbekiston
Talimarjon IES: 2ta bug‘-gaz qurilmasida to‘xtash yuzaga keldi
Eslatib o‘tamiz, kecha 8-yanvar kuni soat 10:27da va 10:31da Talimarjon IESning 2- va 3- bug‘-gaz qurilmalarida (jami 900 MVt quvvat) energoblok texnologik himoyasining ishlashi natijasida ushbu BGQlari faoliyati to‘xtatilgan edi.
Shundan so‘ng, mutaxassislar tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida bugun, 9-yanvar kuni soat 11:36da 3- va soat 12:59da 2-sonli bug‘-gaz qurilmalari shtat rejimida ishga tushirildi.
Ayni paytda mazkur energobloklar shtat rejimida ishlamoqda.
 
Yangiliklar lentasi
0