10:31 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1343)
431 0 0

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi izohiga koʻra, prekvalifikatsiya (vaktsinani maʼqullash) juda murakkab va koʻp bosqichli jarayondir.

TOSHKENT, 8 yanv - Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaktsinasini Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan maʼqullash jarayoni 2021 yilning birinchi yarmida kutilmoqda, deb xabar qilgan "Rossiyskaya gazeta" nashriga Rossiya SSV.

Avgust oyida idora COVID-19 oldini olish uchun Gamaleya nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatga olgan edi. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari yordamida ishlab chiqarilayotgan vaktsinaga "Sputnik V" deya nom berildi.

Preparat ikki komponentni uch hafta oraliq masofasi bilan kiritishni koʻzda tutadi.

"Dosye analizi natijalari boʻyicha ekspert maslahatlashuv joriy yil yanvar oyida boʻlib oʻtadi. Biz 2021 yilning birinchi yarmida BSST qarorini kutmoqdamiz", – deya aniqlik kiritgan muassasa.

Vaktsinani maʼqullatish boʻyicha dosyeni Rossiya tomoni BSSTga 2020 yilning dekabr oyida yoʻllagan.

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligida izoh berishlaricha, prekvalifikatsiya (vaktsinani maʼqullash) juda murakkab va koʻp bosqichli jarayondir.

"Vaktsinalardan favqulodda vaziyatlarda foydalanishni tasdiqlash va keyinchalik uni maʼqullash jarayoni BMT dasturlari doirasida vaktsinalarni yetkazib berish, shuningdek tashqi bozorlarga chiqishni osonlashtirishga imkon beradi", - deyiladi idora xabarida.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1343)
Teglar:
koronavirus pandemiyasi, koronavirus, JSST, Rossiya, Sputnik V, vaktsina

Asosiy mavzular