16:19 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)
469 0 0

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 941 nafar bemordan 157 nafari ogʻir, 31 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni soni 77 572 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Yangi kasallanish holatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Oʻzbekistonning sakkizta hududida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 617 nafarga yetdi.

Kasallikdan sogʻayganlar jami 76 014 nafarga yetgan va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 941 nafar bemordan 157 nafari ogʻir, 31 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilning 10 yanvarida dunyoda koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni 90 milliondan, Covid-19 qurbonlari soni 1,9 mln kishidan oshgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)
Teglar:
vaktsina, Oʻzbekiston, koronavirus pandemiyasi, koronavirus

Asosiy mavzular