TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Ayrim turdagi mahsulotlarni tanovvul qilish koronavirusga chalingan inson holatini keskin yomonlashtirishi mumkin.
Bu haqda shifokor-terapevt, parhezshunos va tibbiyot fanlari nomzodi Yekaterina Burlyayeva maʼlum qildi.
Shifokor soʻzlariga koʻra, mahsulotlar koronavirusni yuqtirish manbasi boʻlolmaydi. Shunchaki, bu notoʻgʻri odatlarning barchasi oxir-oqibat kasalliklarga olib keladi va COVID-19ni kechishi jarayoniga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.
Burlyayeva koronavirusga chalingan bemorlar uchun maxsus menyu ishlab chiqilganini qayd etdi. Uni Rospotrebnadzor va Oziqlanish va biotexnologiya FITS xodimlari tuzishgan.
Maʼlum boʻlishicha, infektsiyaga qarshi kurashuvchi har bir inson shakar va tuz isteʼmol qilishni maksimal qisqartirmogʻi lozim.
Shuningdek, COVID-19ga chalingan insonlar non va boshqa turdagi un mahsulotlaridan tiyilmogʻi kerak.
Gazlangan va tarkibida sok mavjud boʻlgan ichimliklar ham salomatlikka salbiy taʼsir oʻtkazishi mumkin.
Bundan tashqari, koronavirusga chalingan bemorlar kolbasa, sosisa, yogʻli goʻsht va pishloq, chips, mayonez va fastfuddan oʻzini tiyishi lozim, deb hisoblaydi Burlyayeva.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, oziq-ovqat ratsioniga tovuq goʻshtidan bulon, sutli kashalar va kartoshka pyuresini qoʻshgan maʼqul.