18:06 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)
46920

"Sputnik V" hozirga qadar koronavirusga qarshi roʻyxatga olingan dunyodagi birinchi vaktsinaligicha qolmoqda

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Bloomberg agentligi rossiyalik olimlar tomonidan  ishlab chiqilgan va dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olingan vaktsinaga ishonish uchun bir nechta asoslarni sanab oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, preparat "Sputnik V" nomini olgan. 

Agentlik jurnalisti Sem Fazeli soʻzlariga koʻra, Rossiya ushbu preparat bilan dunyoda vaktsina dozalarini ishlab chiqarish boʻyicha eng yirik beshlikka kirgan, baʼzi xorijiy mamlakatlarga ega oldindan buyurtmalar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Bloombergda "Sputnik V" uchinchi faza klinik sinovlaridan oʻtkazilgani ham keltirib oʻtilgan. Surishtiruv natijalari boʻyicha preparat oʻzining samaradorligini koʻrsatgan. Bu koʻrsatkich, maʼlumot uchun, sinovlarning barcha bosqichlarida 90%dan oshgan.

Ammo COVID-19ga qarshi himoyada samaradorlik - bu boshqa masala, boshdan kechirilgan kasallik oqibatlari esa - mutlaqo boshqa masala.

Jurnalist Rossiya vaktsinasi sinovlari vaqtida kasallik ogʻir kechishi bilan bogʻliq birorta holat aniqlanmaganini qayd etib oʻtgan.

Bloomberg tahlilchisi fikricha: Rossiyaning ingliz-shved kompaniyasi AstraZeneca bilan COVID ga qarshi kombinatsiyalangan vaktsinani yaratish boʻyicha hamkorligi ham eʼtirofga molik. Bunda "Sputnik V" vaktsinasining komponentlaridan biri va AstraZeneca hamda Oksford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan AZD1222 vaktsinasi komponentlaridan biri qoʻllaniladi.

"Bu faktlarning barchasi, (ilmiy jurnallarda - tahr.) uchinchi faza klinik sinovlari natijalari yoʻqligiga qaramay, "Sputnik V" vaktsinasi Gʻarb laboratoriyalarida yaratilgan boshqa xuddi shunday vaktsinalar singari kuchli nomzod boʻlishi mumkin, degan asoslarni vujudga keltiradi", - deya xulosa qilgan Fazeli.

Jurnalistning taʼkidlashicha, u xitoyning SINOVAC biofarmotsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CoronaVac vaktsinasidan koʻra, Rossiya vaktsinasini tanlagan boʻlardi.

Eslatib oʻtamiz, "Sputnik V" vaktsinasi hozirga qadar koronavirus infektsiyasiga qarshi dunyoda eng birinchi boʻlib roʻyxatga olingan vaktsinaligicha qolmoqda.

Preparat Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan ishlab chiqarilgan.

Vaktsina ayni paytda oʻzining xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan.

Shuningdek, vaktsinada uzoq kuzatiluvchi salbiy oqibatlar mavjud emasligi oʻz isbotini topgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)
Teglar:
Sputnik, Sputnik V, koronavirus pandemiyasi, koronavirus, vaktsina

Asosiy mavzular