09:55 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)
27210

Bunda gap nafaqat koronavirusga, balki boshqa turdagi viruslarga ham, xususan, OITSga qarshi kurashish haqida bormoqda.

TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. Ural federal universiteti (UrFU) mutaxassislari va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vakillari kam miqdordagi nurlanishlar COVID-19 va uning mutatsiyalariga qarshi kurashda samarali boʻlishi mumkinligi haqidagi toʻxtamga kelishdi.

UrFU professori Anatoliy Zatsepin yangi tadqiqot borasida quyidagilarni gapirgan: maʼlum boʻlishicha, olimlar hozirda ushbu mexanizmni oʻrganishning boshlangʻich bosqichida turishibdi, ammo birinchi natijalar bu istiqbolli yoʻnalish ekanligini koʻrsatgan.

Bunda gap nafaqat koronavirusga, balki boshqa turdagi viruslarga ham, xususan, OITSga qarshi kurashish haqida bormoqda.

Taʼkidlanishicha, radiatsiyaning kichik dozalari viruslar uchun halokatli boʻlib, sogʻlom hujayralar uchun ular deyarli hech qanday taʼsir oʻtkazmaydi.

Hozirda olimlar davolash metodikasini ishlab chiqmoqdalar.

Ammo, bu vaqtda qator mutaxassislar bu usulning oʻta xavfliligiga ishora qilib, koronavirusga qarshi radiatsiyani qoʻllash imkoniyatini shubha ostiga olishmoqda.

Ayni vaqtda, ushbu sohada ishlarning rivojlanishi rossiyalik va oʻzbekistonlik mutaxassislarning yaqindan hamkorligini nazarda tutadi. Bunda muammoga tizimli yondashuv zarur, yaʼni - mutaxassislarni jalb etish, nafaqat fiziklar, balki biolog va tibbiyot xodimlarining ham.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)

Asosiy mavzular