03:58 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1391)
781 0 0

Kudrinning aytishicha, hozirda hukumat oʻtgan yilda amal qilgan inqirozga qarshi choralarni uzaytirish borasida qaror qabul qilgan.

TOSHKENT, 15 yanv - Sputnik. Tez orada koronavirus pandemiyasining uchinchi toʻlqini boshlanadi, va u, ehtimolki, ikkinchisiga qaraganda kuchsiz boʻlmasligi mumkin, deb maʼlum qildi jurnalistlarga RF Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin Gaydar forumi davomida norasmiy suhbat vaqtida, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"2021 yilda, koʻrinib turibdiki, unchalik yengil boʻlmaydi. Yevropa davlatlarida bugun guvohi boʻlayotgan holatlar, qoidaga koʻra, sal kechikib bizga ham keladi - gap uchinchi toʻlqin haqida bormoqda. Yaʼni ikkinchi toʻlqin keldi, hozirda uchinchi toʻlqin kelmoqda, va ehtimolki, u ikkinchisiga nisbatan kuchsiz boʻlmaydi, balki kuchliroq boʻlishi ham mumkin. Shu bois, hotirjam boʻlishga imkon qolmaydi, barqaror holat boʻlmaydi", - dedi Kudrin.

Hisob palatasi rahbarining soʻzlariga koʻra, 2021 yil murakkab yil boʻladi. Va hukumat, uning soʻzlariga koʻra, yangi qoʻllab-quvvatlov choralarini qabul qiladi. Kudrinning aytishicha, hozirda hukumat oʻtgan yilda amal qilgan inqirozga qarshi choralarni uzaytirish borasida qaror qabul qilgan.

Uning aytishicha, joriy yilda koʻp narsa pandemiyani jilovlash yoki davom etishi bilan bogʻliq boʻladi, koʻpgina choralarni uzaytirish kerak boʻladi, va bu juda qimmatga tushishi mumkin.

Inqirozga qarshi kurash strategiyasida qoʻshimcha qadamlar kerak boʻladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1391)
Teglar:
Britaniyada koronavirusning yangi shtammi, koronavirus pandemiyasi, koronavirus

Asosiy mavzular