04:20 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Yangiliklar
Havola olish
683 0 0

Maʼlum qilinishicha, agarda shaxs boshqa davlat fuqaroligidan oʻz vaqtida voz kechmasa, undan Oʻzbekiston fuqaroligidan mahrum qilinishi haqida tilxat olinadi.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi IIV vakili Oʻzbekiston fuqaroligidan voz kechmagan holda Rossiya pasportini olgan fuqarolar yuzasidan bergan maʼlumotlariga qoʻshimcha izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha chet elga chiqib ketgan Oʻzbekiston fuqarosi fuqarolikdan chiqmagan holda chegaradan chet davlat pasporti bilan kirib kelsa, uning faqat Oʻzbekiston fuqaroligi tan olinadi.

Ammo bu – shaxsning doimiy ravishda ham Oʻzbekiston, ham boshqa davlat fuqaroligida yurishi mumkinligini anglatmaydi. Yaʼni ichki ishlar organlari shaxsning boshqa davlat fuqaroligini olganini eshitishi yoki undagi boshqa davlat pasportini koʻrishi hamon Oʻzbekiston fuqaroligidan avtomatik tarzda chiqarib yuborish masalasini koʻrmaydi.

Bunda, dastlab ushbu shaxsning rostdan ham boshqa davlat fuqaroligini olganiga tegishli tashkilotlar yordamida aniqlik kiritiladi. Shundan soʻng, ushbu shaxsdan agarda boshqa davlat fuqaroligidan oʻz vaqtida voz kechmasa, Oʻzbekiston fuqaroligidan mahrum qilinishi haqida tilxat olinadi.

Bunda, shaxsga fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchilik batafsil tushuntiriladi va chet el fuqaroligidan voz kechmaslik oqibatlaridan ogohlantiriladi.

Berilgan muddat davomida shaxs chet el fuqaroligidan voz kechmasa, uning Oʻzbekiston fuqaroligi prezident farmoni bilan tugatiladi. Ushbu holatda shaxs hech qanday maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Asosiy mavzular