04:16 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Yangiliklar
Havola olish
436 0 0

Mamlakat aholisi har oyda oʻrtacha 54,5 ming kishiga koʻpaygan 2020 yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga oshgan.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonning doimiy aholisi sonini maʼlum qildi.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga koʻra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln. kishini tashkil etmoqda.

Aholi soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 653,7 ming kishiga koʻpaygan. Doimiy aholining oʻsish surʼati 101,9 % ga teng.

Mamlakatda aholisi har oyda oʻrtacha 54,5 ming kishiga koʻpaygan 2020 yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, yangi 2021 yilning birinchi sutkasida, SSV maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda 1644 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu oxirgi 4 yildagi eng kam koʻrsatkich hisoblanadi. Maʼlumot uchun, 2018 yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda — 1708 nafar, 2020 yilda esa —1974 nafar chaqaloq tugʻilgan.

Asosiy mavzular