05:27 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1391)
277 0 0

Xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy taʼsirlarning mavjud emasligi Rossiyada ishlab chiqilgan "Sputnik V" vaktsinasining eng muhim ustuvorliklaridan biri sanaladi.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Serbiya seshanba kuni, 19 yanvarda 250 ming doza Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaktsinasini olishi kutilmoqda, deb bayonot berdi mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich.

“Sputnik V” Afrikaga etib bordi. Nima uchun Rossiya vaktsinasiga ishonishmoqda?
Ruptly / twitter.com/samfazeli8 / twitter.com/sputnikvaccine / RFPI

Shanba kuni u Xitoydan bir million dozada keltirilgan Sinopharm kompaniyasi vaktsinasini kutib oldi.

"Dushanba kuni yana 19,5 ming doza Pfizer vaktsinasi keltiriladi, seshanba kuni 250 ming doza "Sputnik V" vaktsinasi olib kelinadi, shu tariqa, biz chorshanba kungacha 1,43 million doza vaktsinaga ega boʻlamiz", – deya iqtibos keltirgan RIA Novosti Serbiya prezidenti soʻzlaridan.

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi 2020 yilning avgustida COVID-19ga qarshi Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaktsinani dunyoda birinchilardan boʻlib roʻyxatdan oʻtkazgan edi. U "Sputnik V" nomini oldi. Vaktsina insonning oʻrganilgan va ishonchli adenovirusli vektorlari platformasida yaratilgan. Xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy taʼsirlarning mavjud emasligi vaktsinaning eng muhim ustuvorliklaridan biri sanaladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1391)
Teglar:
Sputnik nashri, Sputnik Layt, Sputnik V, koronavirus pandemiyasi, vaktsina

Asosiy mavzular