12:59 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Yangiliklar
Havola olish
104310

Oʻzbekistonda ziyorat turizmi industriyasini yanada takomillashtirish maqsadida ziyoratchilarga qator qulayliklar yaratilib, xizmat koʻrsatish tizimlari uchun alohida tartiblar belgilandi.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasida ziyorat turizmi industriyasini yanada takomillashtirish maqsadida ziyoratchilarga qator qulayliklar yaratilib, xizmat koʻrsatish tizimlari uchun alohida tartiblar belgilandi.

"Uzbekistan Airports" AJ va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamkorligida ishlab chiqilgan dastur asosida ziyoratchilarni tashish boʻyicha mamlakat xalqaro aeroportlarida xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yerda koʻrsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari uchun eʼlon qilingan tariflarga 50%gacha chegirmalar joriy qilinadi.

Shuningdek, parvozlar koʻlamini kengaytirish va Oʻzbekistondagi xalqaro aeroportlar jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega imtiyozlar berilishi ham koʻzda tutildi. Unga koʻra, xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yerda koʻrsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari boʻyicha eʼlon qilingan tariflarga 30%gacha tabaqalashtirilgan chegirma quyidagi hollarda taqdim etilishini maʼlum qilamiz:

– Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlariga yangi yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarni yoʻlga qoʻyish va ularni rivojlantirish taklifi bilan ilk bor murojaat qilgan xorijiy aviakompaniyalar uchun;

- Oʻzbekiston Respublikasining hududiy aeroportlariga (aeroportlaridan) parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy aviakompaniyalarning yangi yoʻnalishlari uchun;

- mavjud parvozlar sonidan tashqari shu yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha qatnovlar uchun.

Asosiy mavzular