00:04 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
76 0 0

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuv oʻtkazdi.

TOSHKENT, 19 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston va Hindiston aviaqatnovlarni tiklash masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot-xizmati.

Muzokaralar Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashuv vaqtida boʻlib oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuv oʻtkazdi.

"Muloqot davomida ikki tomonlama aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi muhokama etildi. Shuningdek, mamlakatlar oʻrtasida transport koridorlarini aniqlash boʻyicha birgalikdagi saʼyi - harakatlarning ahamiyati muhim ekanligi taʼkidlandi", - deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida shu bilan birga, transport sohasidagi mavjud investitsiya loyihalari ham muhokama etilgan. Tomonlar avvalgi erishilgan kelishuvlar yuzasidan transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash zarurligini qayd etib oʻtishgan.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin 20 yanvar kunidan eʼtiboran "Uzbekistan Airways" kompaniyasi Toshkent – Dushanbe – Toshkent yoʻnalishida muntazam avia qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Asosiy mavzular